Kafe va restoranlar uchun

Bir marta kelgan mijoz qaytib keladi

Stoldagi QR, Telegramdagi ilova va kassadagi 4 xonali kod. Mijoz ball yig'adi, siz esa uni ismi bilan taniysiz. Yangi dastur o'rnatilmaydi — hammasi Telegram ichida.

✓ Kartochka kerak emas ✓ Bir kunda ishga tushadi ✓ Uch tilda
Bobur AzimovASR CAFE
VIP · 5%
BALANS 84 200ball
Ishlatish mumkin62 000 Tashriflar17 ›
KASSA UCHUN KOD
4 7 1 9
OfitsiantStol 7
HisobStol 7
🧾 Chek qabul qilindi+7 313 ball
🔔 Stol 7 chaqirmoqdamenejerga yuborildi
Bonus tizimi◆Stoldagi QR◆Kassa smenasi◆Hisobot◆Ofitsiant chaqirish◆Taklif va shikoyat◆Sovg'alar◆DJ moduli◆Uch til◆Telegram ilova◆Bonus tizimi◆Stoldagi QR◆Kassa smenasi◆Hisobot◆Ofitsiant chaqirish◆Taklif va shikoyat◆Sovg'alar◆DJ moduli◆Uch til◆Telegram ilova◆
Nega kerak

Yangi mijoz jalb qilish — eski mijozni qaytarishdan 5 barobar qimmat

Reklamaga pul sarflaysiz, mijoz bir marta keladi va yo'qoladi. Uni nima qaytaradi? Qaytib kelishga arziydigan sabab.

01

Mijozni tanimaysiz

Kim necha marta kelgani, nimani yoqtirishi — hech qayerda yozilmaydi. Kassir yodida saqlaydi, u ishdan ketsa ma'lumot ham ketadi.

02

Chegirma foyda yeydi

Doimiy chegirma — bu har safar yo'qotilgan pul. Bonus esa faqat mijoz QAYTIB kelganda sarflanadi.

03

Kassa hisobi chiqmaydi

Smena oxirida qancha pul bo'lishi kerakligini bilmaysiz. Farq bo'lsa — kim, qachon, qanchaga xato qilgani noma'lum.

Imkoniyatlar

Bitta tizim — butun kafe

Har bir bo'limni alohida yoqib-o'chirasiz. Saboyda ishlaydigan kafega stol ham, musiqa ham kerak emas.

₿

Bonus tizimi

Foiz, muddat, aktivlashish vaqti — hammasi sizda. Ball faqat kassir chekni tasdiqlagach beriladi.

QR

Stoldagi QR

Mijoz skanerlaydi — stolga bog'lanadi. Endi ofitsiant chaqirishi va hisob so'rashi mumkin.

₸

Kassa smenasi

Smena o'zi ochiladi. Yopishda kassada qancha pul bo'lishi kerakligi chiqadi, farq egaga Telegramga ketadi.

📊

Hisobot

Kunlik, haftalik, oylik, yillik. Kassirlar kesimida. A4 da chop etiladi yoki PDF qilib saqlanadi.

🔔

Ofitsiant chaqirish

Mijoz ilovadan chaqiradi — menejer telefonida chiqadi. Javob bo'lmasa kassaga, keyin egasiga xabar ketadi.

💬

Taklif va shikoyat

Chekdan 20 daqiqa keyin baho so'raladi. Past baho darhol menejerga tushadi — mijoz hali kafedaligida.

🎁

Sovg'alar

Mijoz ballni sovg'aga almashtiradi, kassada kod bo'yicha tasdiqlanadi. Zaxira avtomat kamayadi.

🎵

Musiqa (DJ)

Mijoz ball evaziga qo'shiq buyurtma qiladi. DJ panelida navbat, narxni DJ o'zi belgilaydi.

4
alohida panel: kassa, menejer, DJ, egasi
3
til: o'zbek, rus, ingliz
1
kun — ishga tushirish uchun
0
ta dastur o'rnatiladi
Qanday ishlaydi

Mijoz uchun — uch qadam

Hech qanday ilova yuklanmaydi, kartochka berilmaydi, anketa to'ldirilmaydi.

1

Stoldagi QR ni skanerlaydi

Telegram ochiladi, bir tugma bilan raqamini yuboradi. 15 soniya.

2

Kassada kodni aytadi

4 xonali kod yoki bitta tugma — kassir ekranida mijoz o'zi chiqadi.

3

Ball keyingi safar ishlaydi

Telegramga xabar keladi: qancha yig'ildi, balans qancha. Qaytishga sabab paydo bo'ladi.

Kafe uchun — nima o'zgaradi

Kassirga ish qo'shilmaydi

Chek raqami va summasi — shu. Smena o'zi ochiladi, ball o'zi hisoblanadi.

Egasi telefondan ko'radi

Tushum, smena farqi, shikoyatlar — Telegramga xabar bo'lib keladi. Kafeda bo'lish shart emas.

Ma'lumot sizniki

Mijozlar bazasi kafega tegishli. Har kafening ma'lumoti alohida faylda saqlanadi, aralashmaydi.

Tariflar

Bir oylik narx — bir kunlik tushumdan kam

Birinchi 14 kun bepul. Karta biriktirilmaydi, avtomat yechilmaydi — sinab ko'rasiz, keyin qaror qilasiz.

Boshlang'ich

Kichik kafe va nonvoyxonalar uchun
200 000 −25%
150 000so'm / oy
Arzonlashtirildi
  • Bonus tizimi: foiz, muddat, darajalar
  • Stollarga QR kod
  • Kassa paneli va chek kiritish
  • Mijozlar bazasi va tarix
  • Aksiya bannerlari
  • 3 tagacha xodim
Tanlash
Ommabop

Standart

Zal xizmati bo'lgan kafelar uchun
250 000 −20%
200 000so'm / oy
Arzonlashtirildi
  • Boshlang'ichdagi hammasi
  • Kassa smenasi va farq nazorati
  • Kunlik/oylik/yillik hisobot, chop etish
  • Ofitsiant chaqirish va menejer paneli
  • Taklif va shikoyatlar, javob berish
  • Sovg'alar katalogi
  • 10 tagacha xodim
Tanlash

Premium

Restoran va tungi klublar uchun
300 000 −17%
250 000so'm / oy
Arzonlashtirildi
  • Standartdagi hammasi
  • Musiqa moduli: DJ paneli va navbat
  • Cheksiz xodim, har biriga alohida ruxsat
  • Uch til: o'zbek, rus, ingliz
  • Ustuvor yordam va sozlash
Tanlash

Yillik to'lasangiz narx bir yil o'zgarmaydi — tariflar ko'tarilsa ham sizga eski narx qoladi.

Narxlar bitta kafe uchun. Bir nechta filial bo'lsa — har biri alohida hisoblanadi, chegirma beriladi.

14 kun bepul sinab ko'ring

Arizani qoldiring — bugun qo'ng'iroq qilamiz, ertaga kafengiz ishlaydi.

yoki to'g'ridan-to'g'ri